Mamlakatda e’lon qilingan karantin tadbirlari fuqarolardan amaldagi qonunchilik talablariga qat’iy rioya qilishni talab etadi. Biroq shunday sinovli kunlarda o‘z manfaatlari yo‘lida tartib qoidalarni qo‘pol ravishda buzishga urinayotgan kimsalar ham uchrab turibdi.
Davlat bojxona qo‘mitasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bosh boshqarmasi xodimlari tomonidan Mirobod tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida yana bir qing‘irlikka chek qo‘yildi.
Tezkor tadbir davomida fuqaro T.B. boshqaruvidagi “Damas” rusumli avtomashinadagi yo‘lovchi fuqaro O.V. shartli xaridorga umumiy qiymati 306 million so‘mlik, sifati kafolatlanmagan 2040 dona “virus blokator” vositalarini noqonuniy tarzda pullayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.
Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi
NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik”
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin
Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi
Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi
U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin