1000 AQSH dollariga tushgan hujjat soxta chiqdi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yunusobod tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro M.S.ga savdo do‘koni qurishi uchun yer maydoni ajratish to‘g‘risidagi hujjatlar soxta ekani aniqlandi. Bu haqda mahkama matbuot xizmati ma’lum qildi.
Ma’lum bo‘lishicha, unga yer maydoni ajratib berishni va’da qilib, 1000 AQSH dollarini olgan Sh.I. hujjatlarni (kompyuter texnikasidan foydalangan holda) «qo‘lbola» usulda tayyorlab bergan ekan. Hujjatlarning soxtaligi ekspertizada oshkor bo‘ldi-qoldi.
Holat bo‘yicha «uddaburon» Sh.I.ga JKning (Jinoyat kodeksi) bir emas, ikkita - 168-(firibgarlik) va 228-(hujjatlarni qalbakilashtirish) moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Ma’lum bo‘lishicha, unga yer maydoni ajratib berishni va’da qilib, 1000 AQSH dollarini olgan Sh.I. hujjatlarni (kompyuter texnikasidan foydalangan holda) «qo‘lbola» usulda tayyorlab bergan ekan. Hujjatlarning soxtaligi ekspertizada oshkor bo‘ldi-qoldi.
Holat bo‘yicha «uddaburon» Sh.I.ga JKning (Jinoyat kodeksi) bir emas, ikkita - 168-(firibgarlik) va 228-(hujjatlarni qalbakilashtirish) moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…