Ushbu dam olish maskani muqaddam Gulnora Karimovaga tegishli bo‘lgan, 2017 yilda musodara qilingan, 2019 yilda Sijjak qo‘rg‘onidagi hashamatli qarorgoh ichidagi barcha jihozlari bilan O‘zbekiston triatlon federatsiyasiga tekin foydalanishga berilgandi.
Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida joylashgan «Sijjak» dam olish maskani Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan ommaviy savdolar orqali sotuvga chiqarilmoqda. Bu haqda Kun.uz'ning hukumatdagi manbasi xabar berdi.
Ayni paytda O‘zbekiston triatlon federatsiyasi balansida saqlanayotgan mazkur oromgoh 2019 yil yoz oylarida federatsiyaga milliy jamoaning o‘quv-mashg‘ulot bazasini tashkil etish uchun berilgandi.
Muqaddam Gulnora Karimovaga tegishli bo‘lgan oromgoh 2017 yilning 10 fevralida Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyati sudi ajrimi bilan musodara etilgandi. Ta’kidlanishicha, ushbu oromgoh va undagi mol-mulklar tez orada Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan sotuvga chiqariladi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi?
Osiyo kubogi final uchrashuvi: Bugun “oq bo‘rilar” yapon “samuraylari”ga qarshi maydonga tushadi
Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti
Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi
Taniqli aktyor va rejissyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi
Germaniyada Gebbelsning villasi istalgan odamga berib yuborilishi e’lon qilindi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi