Toshkent tumanlararo Iqtisodiy sudining 13.03.2020 yildagi 4-1001-2019/642-sonli ijro varaqasiga asosan, qarzdor “O‘zbekneftigaz” AJdan undiruvchi O‘zbekiston Respublikasi Davlat zahiralariga 12 mlrd. 136 mln. 926 ming so‘m qarz undirish ko‘rsatilgan.
Mazkur ijro hujjati Byuroning Yashnobod tuman bo‘limiga 17.06.2020 yilda kelib tushgan va O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organalar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunining 23-moddasiga asosan 10112002247101-sonli ijro ishi yuritish qo‘zg‘atilgan.
Bo‘lim davlat ijrochisi X.Alibekov tomonidan qarzdorga ijro hujjati talabini bajarishi uchun ixtiyoriy muddat belgilangan. Berilgan ixtiyoriy muddat ichida qarzdor “O‘zbekneftigaz” AJdan undiruvchi O‘zbekiston Respublikasi davlat zahiralariga 12 mlrd. 136 mln. 926 ming so‘m qarz pullari to‘lov topshiriqnomasiga asosan to‘liq undirib berilgan.
Shuningdek, ijro hujjati 20.06.2020 yilda O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organalar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunining 41-moddasiga asosan tamomlangan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi
Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi
2025 yilgi Green Card natijalari e’lon qilindi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi?
“Muhtasham yuz yil” seriali yulduzlarining umr yo‘ldoshlari (foto)
Iroq qarshilik kuchlari Isroil poytaxtiga havo hujumi uyushtirdi
Ozish uchun qancha yugurish kerak?
Ukrainada OIV va saraton kasalligiga chalingan bemorlar armiyaga chaqiriladi