
Bojxona organlari tomonidan giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi tizimli ravishda samarali kurash olib borilmoqda.
Jumladan, Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari Davlat xavfsizlik xizmati vakillari bilan hamkorlikda Buxoro shahrida giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi tezkor tadbir o‘tkazishdi.
Tadbir davomida fuqaro A.F.ning qo‘lidagi sumka o‘rnatilgan tartibda xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi.

Natijada, ushbu sumkada 173,15 gramm “gashish” giyohvandlik vositasi yashirilganligi aniqlandi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
Giyohvandlik VositalariNoqonuniy AylanmaBuxoro ViloyatiBojxona OrganiTezkor TadbirSamarali Kurash O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar