
Bojxona nazoratini chetlab o‘tishga bo‘lgan urinishlarga qarshi bojxona organlari tomonidan tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.
Xususan, Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasi “Sirdaryo” chegara bojxona postiga qo‘shni mamlakatdan kirib kelgan fuqaro H.K. boshqaruvidagi “MAN-TGS-19.390” rusumli yuk avtotransport vositasi o‘rnatilgan tartibda xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi.
Natijada, avtomashina yarim tirkamasida deklaratsiyada ko‘rsatilmagan va tegishli hujjatlari bo‘lmagan, umumiy qiymati 312,5 million so‘mlik modem apparati va karantin ruxsatnomasi bo‘lmagan turli sabzavotlarning urug‘lari borligi aniqlandi.
Hozirda ushbu holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Bojxona NazoratiSirdaryo ViloyatiYuk AvtotransportModem ApparatiSabzavot Urug‘lariSurishtiruv Ishlari O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar