Sog‘liqni saqlash vazirligi Jizzaxda 28 yoshli ayol koronavirusning navbatdagi qurboniga aylangani haqida xabar berdi.
«Jizzax shahrida yashovchi 28 yoshli M.O. (ayol)ning joriy yilning 22 iyun kunidan tana harorati ko‘tarilib, u uy sharoitida davolanib yurgan.
Bemor ahvoli og‘irlashib, 4 iyul kuni tibbiyot xodimlariga murojaat qilganidan so‘ng, undan koronavirusga namuna olingan va infeksiya bilan kasallangani tasdiqlangan. Unda ikki tomonlama bronxopnevmoniya, o‘tkir nafas yetishmovchiligi kuzatilgan.
Bemor davolanish jarayonida mutaxassislar tomonidan bir necha marta konsultatsiya qilingan, unga tasdiqlangan standartlar asosida tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Bemorda o‘tkir nafas yetishmovchiligi belgilari kuchayganligi sababli u sun’iy nafas berish apparatiga ulangan.
Biroq ko‘rsatilgan reanimatsion choralarga qaramasdan bemorning holati keskin og‘irlashib, o‘tkir yurak qon-tomir va nafas yetishmovchiligidan vafot etdi», deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabarida.
Bugun kun davomida 4ta o‘lim holati qayd etildi, O‘zbekistonda koronavirus qurbonlari soni 49taga yetdi.
Shu vaqtgacha Toshkentda 29, Namanganda 4, Buxoro, Jizzax va Samarqandda 3, Surxondaryo va Navoiyda 2tadan, Farg‘ona, Qashqadaryo va Qoraqalpog‘istonda bittadan o‘lim ro‘y berdi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Namanganda 11-sinf o‘quvchisi Lacetti'da ikki talabani urib yubordi
AQSH Haaga sudining Isroilga nisbatan tergoviga qarshi chiqyapti
Toshkent viloyatidagi 6 ta tumanga yangi radarlar o‘rnatiladi
O‘z qo‘limiz bilan muammo yaratmaylik...
Tojikiston Rossiyaga jiddiy norozilik bildirdi
Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi: "Parij Olimpiadasiga qit’a chempionlari maqomida borishni maqsad qilganmiz"
Toshkentda mebel sexi 1 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlandi