Bojxona organlari tomonidan tovar moddiy boyliklarni noqonuniy aylanmasiga qarshi tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.
Jumladan, Namangan viloyati bojxona boshqarmasining tezkor xodimlari huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organ vakillari bilan hamkorlikda Uchqo‘rg‘on tumanida tezkor tadbir o‘tkazishdi.
Tezkor tadbir davomida Uchqo‘rg‘on tumanida yashovchi fuqaro K.E.ning xonadoni belgilangan tartibda xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi. Natijada, xonadonda tegishli hujjatlari bo‘lmagan, xorijda ishlab chiqarilgan, qiymati 75,4 million so‘mlik 7540 dona cho‘g‘lanma lampochkalar noqonuniy saqlanayotganligi aniqlandi.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 20 oktabrdagi “Energiyani tejaydigan lampalar mahalliy ishlab chiqarilishini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 299-sonli qaroriga ko‘ra, elektr cho‘g‘lanma lampalarni 2016 yil 1 iyuldan erkin muomalaga chiqarish va 2017 yil 1 yanvardan boshlab esa O‘zbekiston Respublikasi hududida realizatsiya qilinishi taqiqlangan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Toshkent viloyatida ekologiya inspektorlari hujumga uchradi
Buxoroda yodgorliklarni ta’mirlashga ajratilgan 3,3 mlrd so‘m talon-toroj qilindi
Husiylar O‘rtayer dengizida Isroilga ketayotgan kemalar o‘qqa tutilishini e’lon qildi
Har bir qizning orzusi: turk seriallaridagi eng chiroyli 4 ta to‘y
Shoygu Ukraina dronlariga qarshi qo‘llaniladigan yangi vositalar bilan tanishdi
Ukraina 300 mingta dron sotib olish uchun pul ajratadi
Moskvada Ukrainadan tortib olingan NATO harbiy texnikalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi