Toshkentda 2 kg simob moddasini sotayotgan fuqaro to‘xtatib qolindi

Toshkent shahri Yashnobod tumanida, yo‘l chetida fuqaro M.M.ning sumkasidagi shisha idish ichida umumiy qiymati salkam 54 million so‘mlik 2 kg. simob moddasini «shartli xaridor»ga sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan to‘xtatib qolindi.
Davlat bojxona qo‘mitasi xabariga ko‘ra, holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Tezkor tadbir Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan.
Ma’lumot uchun, simob va simobli birikmalar – davlat standartiga muvofiq 8-toifadagi xavfli yuklarga kiradi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Davlat bojxona qo‘mitasi xabariga ko‘ra, holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Tezkor tadbir Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan.
Ma’lumot uchun, simob va simobli birikmalar – davlat standartiga muvofiq 8-toifadagi xavfli yuklarga kiradi.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…