22:33 / 11.07.2020
2 339

Uchtepa tumanida 2 tonna etil spirtini noqonuniy sotayotgan shaxslar ushlandi

Uchtepa tumanida 2 tonna etil spirtini noqonuniy sotayotgan shaxslar ushlandi
Toshkent shahri Uchtepa tumanida 2 tonna etil spirti va 1 tonna xlorni noqonuniy sotayotganlar ushlandi, deya xabar beradi Bosh prokuratura.

Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Uchtepa tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida «D.» xususiy korxonasi rahbari M.N. uch nafar shaxs bilan oldindan til biriktirib, qo‘lbola usulda antiseptik mahsuloti ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan 2 tonna etil spirti hamda 1 tonna xlorni 57,3 million so‘mga xaridor X.ga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shuningdek, tadbirda ushbu spirt va xlorni «D.» korxonasidan dezinfeksiya stansiyasiga olib ketilayotganligi haqida qalbaki hisob-faktura ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan «D.» xususiy korxonasi rahbari M.N. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 186-1-moddasi 2-qismi (Etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) va 228-moddasi (Hujjatlarni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Uchtepa tumanida 2 tonna etil spirtini noqonuniy sotayotgan shaxslar ushlandi