Toshkent tumanlararo Iqtisodiy sudining 30.04.2020 yildagi qarzdor xorij kompaniyasidan undiruvchi korxonasidan foydasiga 70.394,73 AQSH dollar asosiy qarz, 3 519.73 AQSH dollari penya, 4.000 AQSH dollari foiz va 17 840 so‘m pochta xarajati undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati 05.05.2020 yilda MIB Chilonzor tuman bo‘limining ish yurituviga kelib tushgan.
Shu kuni ijro ishi yuritish to‘g‘risida qaror qabul qilinib, ushbu qarorga asosan, qarzdor korxonaga qarzdorlikni to‘lash uchun 15 kunlik ixtiyoriy muddat berilgan. Biroq, qonun talablari asosida berilgan muddat davomida qarzdor korxona undiruvchi tadbirkor foydasiga qarzdorlikni to‘lab bermagan.
Bo‘lim davlat ijrochisi T.Isroilova tomonidan majburiy ijro harakatlariga kirishilib, “MIB Portal” elektron dasturi orqali qarzdorning hisob raqamiga inkassa topshiriqnomasi qo‘yilgan. Majburiy tartibda qarzdorning depozit hisob raqamidan jami 789 mln. 895 ming so‘m undirilgan.
Shundan so‘ng unduruvchi korxona vakillari yuqoridagi qarzdorlikni so‘m qiymatida to‘lanishiga qarshi emasligini bildirib, shunga ko‘ra, qarzdor kompaniyadan undirilgan pul mablag‘lari Markaziy bankning AQSH dollarining so‘mga nisbati xaqidagi ma’lumoti olinib, undiruvchi korxona hisob raqamiga 789 mln. 895 ming so‘m miqdoridagi pul mablag‘lari o‘tkazib berilgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi