19:32 / 20.07.2020
3 466

«Virus juda ko‘pchilikka yuqadi, hamma gap bu muddatni uzaytirishda» – Umid Abidxodjayev

«Virus juda ko‘pchilikka yuqadi, hamma gap bu muddatni uzaytirishda» – Umid Abidxodjayev
Iqtisodiyot tadqiqotlar va islohotlar markazi Oksford universitetining pandemiyani prognozlashtirish modelini O‘zbekistonga moslashtirdi, deb ma’lum qildi markaz direktori o‘rinbosari Umid Abidxodjayev.

«O‘rganishlarga ko‘ra, O‘zbekistonda 18-23 million, ya’ni 70 foiz aholi koronavirus kasalligini boshidan o‘tkazishi kerak. Hamma gap ularning kasallanishi davrini uzoq muddatga cho‘zish bilan bog‘liq.

Sodda qilib aytadigan bo‘lsak, bir yil davomida 365 chelak suvni tashish unchalik qiyinlik tug‘dirmasa, buni bir daqiqada qilish og‘irlik qiladi. Shuni hisobga olgan holda, ijtimoiy masofa saqlash muhim sanaladi
», – dedi Abidxo‘jayev Xalqaro press-klubning 20 iyuldagi sessiyasida.

Uning aytishicha, agar karantin qoidalari kuchaytirilmasdan vaziyat davom etsa, dekabrga borib O‘zbekistonda 64 ming kishi koronavirusdan zararlanishi mumkin.

Umid Abidxo‘jayev pandemiya sharoitida tadbirkorlik faoliyatini yuritish masalasiga ham to‘xtaldi.
«Ayni paytda tarozining 2 pallasida hayot va hayot tarzi turibdi. Hayotni saqlab qolish uchun hayot tarzini o‘zgartirish kerak. Hozirgi birlamchi qoidalarga amal qilish orqali yashashga o‘rganish zarur. Pandemiya boshqa sohalar rivojiga ham turtki bo‘ladi. Masalan, qisqa vaqtda raqamli iqtisodiyot, yetkazib berish xizmatlari taraqqiy etdi», – dedi Iqtisodiyot tadqiqotlar va islohotlar markazi direktori o‘rinbosari.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «Virus juda ko‘pchilikka yuqadi, hamma gap bu muddatni uzaytirishda» – Umid Abidxodjayev