“Sahar” guruhi xonandasini shokka tushirgan syurpriz: bir qo‘shiq uchun muxlisidan “Mercedes”

“Sahar” guruhi xonandasini shokka tushirgan syurpriz: bir qo‘shiq uchun muxlisidan “Mercedes”

Anvar Jo‘rayev bir muxlisi uning qo‘shig‘idan qattiq ta’sirlanib, qimmatbaho avtomobil sovg‘a qilgani haqida gapirdi. "Sahar" guruhi xonandasi bu voqeani hayotidagi eng hayratli holatlardan biri sifatida esladi.

Voqea 2010 yillar atrofida, Anvar Jo‘rayev yangi albom tayyorlayotgan vaqtda yuz bergan. Xonanda Qozog‘istonda bo‘lgan paytda bir muxlis "Dilam" taronasini qayta-qayta tinglab, qo‘shiqni juda yoqtirib qolgan.

Oradan vaqt o‘tib, u Anvar Jo‘rayevga telefon qilib, maxsus sovg‘asi borligini aytgan. Olmaotaga kelgan xonandani to‘g‘ri "Mersedes" avtosaloniga olib borib, "Qaysi mashinani xohlasangiz, tanlang", degan.

Anvar Jo‘rayev o‘sha paytda mashhur bo‘lgan "Mersedes CLS"ni tanlagan. Avtomobil hech qanday shartsiz xonandaning nomiga rasmiylashtirilgan.

Xonanda bunday sovg‘ani kutmaganini yashirmadi. Uning aytishicha, mashina o‘z nomiga o‘tkazilganidan keyin bir hafta davomida voqeaga ishona olmay yurgan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar