Aktrisa Muborak Abdullayeva o‘ziga yangi xonadon sotib oldi! (video)

Muborak Abdullayeva ijtimoiy tarmoq orqali yangi xonadon xarid qilganini e’lon qildi. Bloger bu yangilikni hayotidagi orzularidan biri amalga oshgan kun sifatida qabul qilganini yozdi.
U o‘z postida qiz farzandning ota uyidan boshlanadigan hayot yo‘li, turmushdan keyingi davri va ona bo‘lgach farzandlari bilan kechadigan kunlari haqida fikr bildirdi.
"Allohning rejalari biz uchun doim go‘zal. Qiz bola tug‘ilganida ota uyida, turmushga chiqqanidan keyin turmush o‘rtog‘ining uyida, yillar o‘tib ona bo‘lgach esa farzandlarining uyida yashar ekan. Bugun alhamdulillah dedim. Shu kungacha kichik Muborakka ishondim. Faqat Allohdan so‘radim va Unga ishondim", deya yozdi u.
Post e’lon qilingach, Muborak Abdullayevaning yaqinlari va kuzatuvchilari uni tabriklashga shoshildi. Izohlarda yangi xonadonga baraka, oilasiga tinchlik va baxt tilagan ko‘plab fikrlar qoldirildi.































Izohlar 0
…