21:45 / 20.07.2020
5 666

Mutaxassis «Qozog‘istondan kirib kelgan yangi virus» haqidagi savolga javob berdi

Mutaxassis «Qozog‘istondan kirib kelgan yangi virus» haqidagi savolga javob berdi
Foto: BBC.com
AOKA huzuridagi shtabda o‘tkazilgan brifingda Koronavirusga qarshi shtab a’zosi Habibulla Oqilov koronavirus infeksiyasiga oid savollarga javob berdi.

Hozirgi kunda Qozog‘istondan yangi virus kirib keldi. Agar muzdek suv ichsa yoki muzdek narsa yesa odam 2 kunda pnevmoniya bo‘lib o‘ladi degan videolar tarqaldi. Bu haqiqatga to‘g‘ri keladimi?
Umuman olganda internet tarmog‘ida tarqatilayotgan har xil asossiz axborotlarga berilmagan ma’qul.
Ammo terlab turib muzdek suv ichilsa yoki yelvizakda, konditsionerli xonada uzoq o‘tirilsa pnevmoniyaga sabab bo‘lishi mumkin. Lekin davolash muolajalari vaqtida o‘tkazilsa o‘lim holati kuzatilmaydi.

Nega karantin hududida beriladigan preparatlar Xitoy yozuvida va bu dori nima uchun tayinlanganini tushuntirishmaydi ham?
Xitoydan keltirilayotgan kovidni davolashda qo‘llaniladigan preparatlar Xitoyda sinovdan o‘tkzilgan. Karantin hududida faoliyat yuritayotgan tibbiyot xodimlar bu dorini qo‘llash bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tishgan.

Mutaxassislar dori vositalarini tayinlashadi va dorilar majmuini belgilashadi. Zarur holatda tibbiyot xodimi dori vositasi qanday holatda qabul qilinishini tushuntirishi lozim.
Dorixonalarda aholi uchun sotiladigan preparatlarda davlat tilida yo‘riqnomasi bo‘ladi.

Otam charter reys orqali O‘zbekistonga qaytib kelyaptilar va ularning ikki qo‘l suyaklari singan. Bunday holatda biz test natijasi manfiy chiqqandan so‘ng opersiya qildiramizmi?
Respublika maxsus komissiyasining qaroriga muvofiq xorijiy mamlakatlardan charter reyslar orqali olib kelinadigan fuqarolarni kutib olishga, ularning oila a’zolari va yaqinlari bilan uchrashishiga ruxsat berilmaydi.

Ular aeroportning o‘zidan to‘g‘ri karantin zonasiga yoki fuqaroning xohishiga ko‘ra belgilangan mehmonxonalarga olib ketiladi va 10 kunga karantinga olinadi.

10-kuni koronavirusga analiz topshirib, natijasi manfiy bo‘lsa shu kuni uyiga ruxsat beriladi. Salomatligiga ko‘ra betob bemorlar shifokorlar nazoratida bo‘ladi. Shu talabga ko‘ra sizning otangiz xam karantin muddati tugaganicha shifokorlar nazoratida bo‘ladi va karantin muddati tugagach operatsiya uchun kasalxonaga yotqizishingiz mumkin.

Zangiotadagi og‘ir ahvoldagi bemorlar davolanayotgan kasalxonada kislorod ta’minoti yetishmayapti. Hamma narsa bor, faqat burunga ulash uchun naycha yo‘q. Choyshablar almashtirilmaydi, medikamentlar yetishmaydi, shifokor, hamshira va sanitar xodimlar kam?!
Ayni paytda, shifoxonaga zarur tibbiy buyumlar, jumladan bemorlarni kislorodga ulash uskunalari, to‘shaklarni yetkazib berish ishlari davom etmoqda.

Sog‘liqni saqlash vazirligi rahbariyati tibbiyot muassasasida tibbiy xodimlarni tanlash va ushbu kamchiliklarni bartaraf etish, shuningdek, shifoxonaning to‘liq jihozlanishi ustidan nazoratni o‘z zimmasiga olgan.

Karantin hududida manfiy natijali bemorlarni "ikkinchi karantin muddati"ga qoldirishmoqda. Sabablarini ham tushuntirishmayapti, manfiy natija haqida maxlumotnoma ham berishmayapti?
Shifokor-olimlar virus organizmda to‘planishi mumkin, degan xulosaga kelishdi. Shuning uchun birlamchi dlaboratoriya tekshiruvlarida manfiy natija tekshiruvning 10-kunida surtmada musbat natija aniqlanishi mumkin.

Kasallikning boshlang‘ich etapida xalqumdan olingan PZR test musbat natija ko‘rsatadi, lekin bemorda pnevmoniya rivojlangan bo‘lsa, virus shartli ravishda aytadigan bo‘lsak quyi nafas yo‘llariga tushgan bo‘lsa, test manfiy natija ko‘rsatadi.

- test natijalari manfiy bo‘lsa-da, klinik alomatlar saqlanib qolgan bo‘lsa, takror test tekshiruvi o‘tkazish lozim bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Mutaxassis «Qozog‘istondan kirib kelgan yangi virus» haqidagi savolga javob berdi