Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati
Bugungi kunda respublikada davom etayotgan karantin o‘z navbatida fuqarolarimizdan uyushqoqlik va o‘rnatilgan tartib qoidalarga qat’iy rioya etgan holda kasallikka qarshi kurashishni talab etadi. Ammo sinovli kunlarda, ayrim kimsalar tomonidan sifati kafolatlanmagan tibbiyot vositalarini yurtimizga noqonuniy yo‘llar bilan olib kirishga va ularning noqonuniy savdosi bilan shug‘ullanishga bo‘lgan urinishlariga qarshi bojxona organlari tomonidan tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.
Xususan, Davlat bojxona qo‘mitasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bosh boshqarmasi tomonidan Toshkent shahri Yashnobod tumanida tibbiyot vositalarining yashirin aylanmasiga qarshi tezkor tadbir o‘tkazildi.
Tadbir davomida fuqaro H.I. boshqaruvidagi “Spark” rusumli avtotransport vositasida yo‘lovchi sifatida kelgan fuqaro U.I. shartli xaridorga umumiy qiymati 516,1 million so‘mlik 3 970 dona xorijda ishlab chiqarilgan sifati kafolatlanmagan “virus blokatorlari”ni noqonuniy tarzda pullayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.
Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi
Eron Afg‘oniston bilan chegarasida beton devor qurishni boshladi
Otabek G‘ulomxo‘jayev: "Tarixiy g‘alaba orqali o‘zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat"
Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi