O‘zbekistonda 29 iyul soat 10:00 holatiga ko‘ra koronavirusga chalinganlar soni 276 nafarga ko‘payib, jami kasallanish holatlari soni 22 169 taga yetdi, deya xabar bermoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi.
Ma’lum qilishlaricha, yangi kasallanish holatlarining
153 tasi Toshkent viloyatida,
51 tasi Toshkent shahrida,
30 tasi Namangan viloyatida,
12 tasi Sirdaryo viloyatida,
12 tasi Farg‘ona viloyatida,
11 tasi Qashqadaryo viloyatida,
4 tasi Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
3 tasi Navoiy viloyatida
aniqlangan. 276 ta yangi kasallanish holatining bari koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Qayd etishlaricha, hozirda O‘zbekistonda 9 777 nafar bemorga «shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda» — ulardan 297 nafari og‘ir ahvolda, shundan 88 nafarining ahvoli o‘ta og‘ir deb baholanmoqda.
Ma’lumot uchun, hozirgacha O‘zbekitsonda 12 265 kishi koronavirus infeksiyasidan sog‘aygan, SSV hisobi bo‘yicha 127 kishi COVID-19 asoratlaridan vafot etgan («Daryo» hisobi bo‘yicha qurbonlar soni kamida 133 nafarni tashkil etadi). Xususan, 27 iyul tongida Toshkentda 52 yoshli erkak vafot etgani haqida xabar berildi, biroq uning aynan qaysi sanada vafot etgani ma’lum emas. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Global Janub kimniki?
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi