2 427
Niqob taqib bo‘lmaydigan kichik yoshli bolalarni koronavirusdan qanday himoyalash kerak?
Foto: Skrinshot
AOKA huzuridagi shtabda Koronavirusga qarshi shtab a’zosi Sevara Ubaydullayeva yosh bolalarga niqob taqish imkoniyati bo‘lmasa, ularni qanday himoyalash borasida tavsiyalar berib o‘tdi.
Jumladan, mutaxassis yosh bolalarga niqob taqish juda ham qiyinligi, chaqaloqlarga moslashtirilgan niqoblar mavjud emasligi, oilada koronovirus bilan kasallanganlar bilan muloqotda bo‘lgan, kasallik tasdiqlangan shaxs yashasa, maksimal ravishda onani ham bolani ham bemordan ajratish, ya’ni alohidalash zarurligini aytdi.
Shuningdek:
- xonadon a’zolari, jumladan, ona ham bolaga niqobsiz yaqinlashmasligi lozim;
- ona bolani ko‘krak suti bilan boqayotgan bo‘lsa, qo‘llarini 20 soniyadan ko‘p sovun bilan ishqalab yuvishi;
- bolani emizib bo‘lgandan keyin ham qo‘llarini yuvishi;
- imkon qadar ko‘proq suyuqlik ichishi;
- vitamin, mikro va makroelementlarga boy sog‘lom ovqatlarni iste’mol qilish bolaning ham ko‘krak suti orqali immuniteti mustahkamlanishiga olib keladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi, professor Habibullo Oqilov emizikli onalar koronavirusga chalingan bo‘lsa, farzandini qanday emizishi borasida aniqlik kiritib o‘tgan, Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan O‘zbekistonda koronavirusga chalingan homilador ayollar uchun qanday sharoitlar yaratilgani haqida ma’lumot berilgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Global Janub kimniki?
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi