12:54 / 07.08.2020
2 458

Qarzdorning Lacetti avtomashinasi 5 200 AQSH dollarlik qarzini qoplash uchun sotildi

Qarzdorning Lacetti avtomashinasi 5 200 AQSH dollarlik qarzini qoplash uchun sotildi
Majburiy ijro byurosining Yakkasaroy tuman bo‘limi ish yurituvida bo‘lgan jinoyat ishlari bo‘yicha Sirg‘ali tuman sudining 27.09.2017 yildagi ijro varaqasiga ko‘ra, qarzdor T.Maxmudovdan undiruvchi fuqaro Z.Xushmatov foydasiga 5 200 AQSH dollari undirish haqidagi ijro hujjati mavjud.

Qarzdorlik undiruvi bo‘yicha ijro hujjati yuzasidan bo‘lim tomonidan qaror qabul qilinib, qarzdor ogohlantirilgan.
Qonun talablari asosida davlat ijrochisi tomonidan qarzdorga 15 kunlik ixtiyoriy muddat berilgan. Afsuski, berilgan muddatda fuqaroga qarzdorligi to‘lanmaganidan so‘ng MIB tuman bo‘limi tomonidan majburiy ijro harakatlariga kirishilgan.

Qarzdorga tegishli bo‘lgan boshlang‘ich bahosi 41 mln. 688 ming so‘mlik “Lacetti” rusumli avtotransport vositasi 15.07.2020 yil kuni xatlanib, shu kuni elektron onlayn auksion savdolariga chiqarilgan.

Savdo natijalariga ko‘ra, joriy yilning 4 avgust kuni avtotransport vositasi 58 mln. 363 ming so‘mga sotildi hamda sotuvdan tushgan pul mablag‘lari fuqaro Z.Xushmatovning hisob raqamiga o‘tkazib berilib, gan. Ijro hujjatining ish yurituvi tamomlangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qarzdorning Lacetti avtomashinasi 5 200 AQSH dollarlik qarzini qoplash uchun sotildi