O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti «2020-2021 yillarda Farg‘ona viloyatining So‘x tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorga imzo chekkani xabari berilgandi.
Anklav hudud bo‘lgan So‘x tumaniga havo qatnovlarini yo‘lga qo‘yish masalasi ham qarordan o‘rin olgan. Unga ko‘ra, davlat rahbari tomonidan Tashqi ishlar vazirligiga Mudofaa vazirligi bilan birgalikda Qirg‘iziston Respublikasi havo hududidan foydalanish masalasini hal etish vazifasi topshirildi.
Qo‘shni respublika bilan havo hududidan foydalanish masalasi to‘liq hal etilganidan keyin bir hafta muddatda Farg‘ona shahridan So‘x tumaniga kichik aviatsiya transporti orqali aholiga maqbul narxlarda qatnovlar yo‘lga qo‘yilishi belgilangan. Farg‘ona viloyati hokimligi zimmasiga esa bir oy muddatda So‘x tumanida samolyot va vertolyotlar uchun uchish-qo‘nish maydonchalarini tashkil qilish vazifasi yuklatilgan.
Mazkur qarorga ko‘ra, Farg‘ona shahridan So‘x tumaniga kichik aviatsiya transporti qatnovi bo‘yicha ko‘rilgan zararlarni qoplash uchun kompensatsiya to‘lovlari joriy yilda Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg‘armasidan qoplanadi, kelgusi yillarda davlat budjeti parametrlarida nazarda tutiladi.
Bundan tashqari, Farg‘ona viloyati hokimligiga So‘x tumani aholisi uchun viloyatning Yozyovon, Qo‘shtepa, Bag‘dod, Rishton va Buvayda tumanlari hududida dehqonchilik qilish uchun ekin yer maydoni va ipoteka kreditlari asosida kvartiralar ajratish vazifasi ham topshirilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi
Eron Afg‘oniston bilan chegarasida beton devor qurishni boshladi
Otabek G‘ulomxo‘jayev: "Tarixiy g‘alaba orqali o‘zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat"
Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi