12:08 / 10.08.2020
2 693

Shifokorlar sog‘lom insonning umrini o‘n yilga kamaytiruvchi omilni aniqlashdi

Shifokorlar sog‘lom insonning umrini o‘n yilga kamaytiruvchi omilni aniqlashdi
Foto: «Ok.ru»
Janubiya Avstraliya universiteti qoshidagi Avstraliya salomatlik markazi tibbiyot xodimlari yangi tadqiqot natijalari bilan o‘rtoqlashdilar. Tadqiqot chog‘ida mutaxassislar 150 ming kishining ma’lumotlarini o‘rganib, tahlil qilishdi.

Shifokorlar har bir chekilgan sigareta bir qator kasalliklarni orttirib olish xavfini 30% va undan ortiq oshiradi degan xulosaga kelishgan. Gap uzoq yillik tajribaga ega kashandalar haqida bormoqda.

Jumladan, uzoq muddat chekish emfizema (surunkali o‘pka obstruktiv kasalliklari guruhiga kiruvchi xastalik) rivojlanish xavfini 17 baravar, ateroskleroz paydo bo‘lish xavfini 8 baravar oshirishini isbotlashgan. Bundan tashqari, o‘pka saratonining kelib chiqish xavfi sezilarli oshadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)