21:30 / 15.08.2020
3 434

Olimlar koronavirusga qarshi nanotana yaratdi

Olimlar koronavirusga qarshi nanotana yaratdi
Foto: UCSF
50 nafar olimdan iborat guruh COVID-19’ga qarshi kurashda aerozol sifatida foydalanish mumkin bo‘lgan sun’iy molekulani yaratdi. Molekula lama, tuya hamda alpakada aniqlangan antitanalar asosida yaratilgan, deb yozadi Vice.

Tadqiqotchilar ixtirosi AeroNabs nomini olgan. Loyiha ustida bir nechta laboratoriya ish olib borgan, xususan, San-Fransiskodagi Kaliforniya universiteti va Amerikaning boshqa tadqiqot markazlari, shuningdek, Fransiyadagi laboratoriyalar.

Olimlar o‘z maqolasida AeroNabs COVID-19’ga qarshi kurashda yordam berishi, SARS-CoV-2 virusining hujayralarga yopishishining oldini olishi haqida yozgan. Olimlarning fikricha, bundan infeksiya profilaktikasi yoki dastlabki bosqichlarda terapevtik vosita sifatida foydalanish mumkin. Molekulalar virusning inson organizmida ko‘payishiga yo‘l qo‘ymaydi.

«O‘zaro ta’sirning buzilishi virus kirib borishini kuchli neytrallashtirib, vaksina va terapevtik antitana rivojlanish yo‘lini ta’minlaydi», — deyiladi maqolada. E’tiborli jihati, AeroNabs ta’siridagi virus boshqa odamga yuqmaydi, chunki u sun’iy zarralar bilan bog‘langan bo‘ladi. Hozircha AeroNabs klinik sinovlardan o‘tib bo‘lmagani sabab uning pandemiyada qanchalik samara berishi noma’lum.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Olimlar koronavirusga qarshi nanotana yaratdi