13:38 / 16.08.2020
2 644

Qalbga ko‘p zikr qilingan narsa o‘rnashar

Qalbga ko‘p zikr qilingan narsa o‘rnashar
"Inson qalbiga ne taqdim qilinaversa, (ya’ni, neni ko‘p zikr etilaversa) o‘shanga o‘rganadi. Balki, bir narsani ko‘p zikr qilish sababli o‘sha narsa qalbga chuqur o‘rnashib qoladi.

Agar, Haq subhonahu zikrini ko‘p aytilaversa til o‘rganib qoladi. So‘ngra esa tildagi zikr qalbga ko‘chadi. Ko‘p zikr qilinaverishi sababli o‘sha zikr qalbga mustahkam o‘rnashib qoladi.

O‘lim onlari kelgan chog‘da, boshdan xush ketadi va qalbda ne bo‘lsa, tilga o‘sha joriy bo‘ladi
".
Imom Rabboniy rahimahulloh.
[/right]

Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ko‘p o‘qiydigan duolari "Allohim qalbimni diningda sobit etgin", bo‘lgani rivoyat qilingan. Vaholanki, u zot alayhissalomning avvalgiyu oxirgi gunohlari kechirilgandir.

Qalbga ne berilsa o‘shani qabul qilib, o‘rganib qoladi.

Doimiy Alloh zikrlarida qoim bo‘lish qalbni o‘sha zikrga o‘rgantirib, o‘lim onlarida qalbdagi narsa tilga ko‘chganda" La ilaha illalloh" deyishiga zamin bo‘ladi.

Aksincha, biron bir befoyda yoki fahsh narsalarni takrori ila doimiy mashg‘ullik, qalbni fosid qilib, oxir damda o‘sha fasod narsalar zikrini qilishga yetkazadi.

[right]Abu Izzatulloh

Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qalbga ko‘p zikr qilingan narsa o‘rnashar