Jamoat joylarida koronavirus infeksiyasidan himoyalanishda rezinali qo‘lqoplardan foydalanish samara bermaydi. Bu haqda 16 avgust kuni AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi, professor Shuhrat Boymurodov aytib o‘tdi.
Shuhrat Boymurodovning ma’lum qilishicha, rezina qo‘lqoplar COVID-19 infeksiyasidan himoya qilishda samara bermaydi.
«To‘liq himoyalanish uchun antiseptik vositalardan foydalanish maqsadga muvofiq. Chunki COVID-19 infeksiyasi rezinali qo‘lqoplarni zararlashi mumkin, bu holat infeksiyani yuqtirib olish xavfini tug‘diradi» – dedi professor.
Avvalroq Shuhrat Boymurodov dokadan yoki paxta matosidan qilingan tibbiy niqoblar yuz terisiga hech qanday salbiy ta’sir ko‘rsatmasligini ma’lum qilgan edi. Shuningdek, odam immuniteti tanqisligi virusi (OIV) bilan yashayotgan insonlarda virusli yuklamalar turli xil asoratlarga olib kelishi mumkinligi haqida ham gapirib o‘tgandi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi
Ar-Riyodda forum: AQSH-Xitoy tirashuvi va Yaqin Sharq inqirozi diqqat markazida
Fransiyalik taniqli aktyor Jerar Deparde jinsiy tajovuzda ayblab, hibsga olindi
Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH»
O‘zbekistonlik jangchi UFC reytingida top-darajaga ko‘tarilganidan keyin nimalar dedi?
O‘zbekiston tibbiyot OTMda 5 ming nafardan ko‘proq hindistonlik o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi
Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi