19:53 / 17.08.2020
2 794

Koronavirus o‘pkadan boshqa a’zolarni ham jarohatlashi mumkin

Koronavirus o‘pkadan boshqa a’zolarni ham jarohatlashi mumkin
AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi Sevara Ubaydullayeva fuqarolardan kelib tushgan muhim savollarga javob berdi. Xususan, koronavirus o‘pkadan tashqari boshqa a’zolarni ham jarohatlashi to‘g‘risida ma’lumotlar taqdim etildi.

«Kasallik kechishidan kelib chiqib, ya’ni yengil, o‘rta, o‘rta-og‘ir, og‘ir va o‘ta-og‘ir darajalarda koronavirus inson organizmida nafaqat o‘pka va nafas a’zolarini, balki oshqozon ichak tizimi, yurak-qon tomir tizimi va ma’lum darajada buyraklar hamda bosh miyani jarohatlashi mumkinligi keltirilgan. Shu bilan birga, endokrin tizimida ham o‘zgarishlar kuzatilayotgani namoyon bo‘lmoqda», dedi Sevara Ubaydullayeva.

Tadbirda koronavirus bilan kasallangan kishi bilan aloqada bo‘lgach, nima qilish kerakligi haqida ham ma’lumot berildi.
«Agar siz kasallangan odam bilan aloqada bo‘lganingizdan shubhalansangiz, eng avvalo atrofdagilar va oila a’zolaringizdan izolyatsiyalanishingiz va oilaviy poliklinika shifokoriga murojaat qilishingiz kerak. Shifokor telefon orqali sizga barcha karantin qoidalarini tushuntiradi. Karantin qoidalariga qat’iy rioya qilishingiz juda muhim, chunki shaxsiy gigiyena kasallikni yengil darajada o‘tishiga yordam beradi.

Tibbiyot xodimi har kuni sizga qo‘ng‘iroq qilib salomatligingizdan xabardor bo‘ladi va biror shamollash alomatlari paydo bo‘lsa uyingizga mobil brigadani jo‘natadi
», dedi shtab a’zosi savolga javoban.

Bundan tashqari, koronavirus bilan kasallanib tuzalgan odamlar bilan muloqotda bo‘lish xavfli emasligi aytildi.
«Koronavirus bilan kasallangan shaxslarda virusga qarshi antitanachalar ishlab chiqiladi, unda Immunnoglobulin G ’ning yuqori ko‘rsatkichlari aniqlanadi, bunday davrda bu insonlar boshqalarga xavfsiz bo‘ladilar va koronavirusni yuqtirmaydilar.

Ba’zi insonlar kasallik yengil va simptomlarsiz kechishida o‘zlarini yaxshi his qilishlari bilan, alohidalanish tartibiga rioya qilmayaptilar va ko‘chaga chiqib boshqalar bilan muloqot qilmoqdalar.

Bunday holatlarda organizm xali to‘liq antitanachalarni ishlab chiqib ulgurmagani bois, kasallangan bemorlar bilan muloqot natijasida qo‘shimcha ravishda virus organizmga kirishi kasallikni uzayishi, ya’ni cho‘zilishini keltirib chiqarmoqda
», dedi Ubaydullayeva.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Koronavirus o‘pkadan boshqa a’zolarni ham jarohatlashi mumkin