07:47 / 19.08.2020
2 878

“Toyota Tundra”ni noqonuniy olib kirish rejasi chippakka chiqdi

“Toyota Tundra”ni noqonuniy olib kirish rejasi chippakka chiqdi
Bojxona to‘lovlarini to‘lashdan bo‘yin tovlashga bo‘lgan urinishlar bojxona organlari tomonidan o‘z vaqtida bartaraf etilmoqda.
Xususan, Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va o‘z xavfsizlik bo‘limi hamda Tashqi iqtisodiy faoliyatda notarif tartibga solishni nazorat qilish va bojxona ekspertizasi guruhi xodimlari tomonidan navbatdagi nayrang fosh etildi.

Viloyatda faoliyat olib borayotgan mas’uliyati cheklangan jamiyatlardan birining nomiga xorijiy davlatdan olib kelingan “Toyota Tundra Edition 1794” rusumli avtotransport vositasi hujjatlarda yengil avtomashina sifatida qayd etilgan edi.
Biroq o‘rganilish jarayonida ma’lum bo‘ldiki, aslida mazkur avtomashina “pikap” ya’ni yuk tashish uchun mo‘ljallangan avtotransport vositasi ekanligi aniqlandi.

Uddaburonlarning qing‘ir rejasi fosh bo‘ldi va davlat foydasiga 258,3 million so‘m qo‘shimcha bojxona to‘lovlari undirib olindi.
Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » “Toyota Tundra”ni noqonuniy olib kirish rejasi chippakka chiqdi