
Foto: «O‘zbekiston 24»[sup][/sup]
O‘zbekistonda aholini gripp va pnevmoniyaga qarshi emlash punktlari tashkil qilinmoqda. Bu haqda Koronaviurs qarshi kurash shtabi a’zosi Rustam Ikromov «Daryo» sayti muxbiri Musulmonbek Ibrohimovga bergan qisqacha intervyusida aytib o‘tdi.
Epidemiolog Rustam Ikromovning ma’lum qilishicha, har yili kuz va qish faslida havo-tomchi orqali yuqadigan kasalliklarning ko‘tarilishi kuzatiladi.
«Bu shifokorlar tilida mikst-infeksiya deyiladi, ya’ni qo‘shilib kasallik chaqirishi mumkin bo‘lgan holat kuzatilishi mumkin. Gripp va pnevmoniya chaqiruvchi virusli kasalliklarning koronavirus bilan birgalikda kelishi bundan ham og‘irroq darajaga olib kelishini taxmin qilish mumkin», — dedi mutaxassis.
Uning alohida ta’kidlashicha, masalaning jiddiyligini hisobga olgan holda, kuz-qish mavsumiga epidemiologik tayyorgarlik choralari ko‘rilmoqda: «Albatta, bundan odamlar vahimaga tushmasligi kerak. Ayni kunlarda gripp va pnevmoniyaga qarshi emlash uchun hukumat darajasida kerakli chora-tadbirlar olib borilmoqda. Vaksinalarni chetdan olib kelish va joylarda emlash punktlarini tashkil qilish ishlari yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqilgan. Bu ishlar sentabr oyidan boshlanadi». “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar