Foto: Qashqadaryo gazetasi
Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumanida O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan Amudaryo gulbalig‘ini ovlagan fuqaroning xatti-harakatiga sudda huquqiy baho berildi.
Qashqadaryo gazetasining yozishicha, Yakkabog‘ tumani Tatar MFY Toshqo‘rg‘on o‘rmon xo‘jaligi hududidan o‘tgan Qizildaryo daryosining yuqori oqimida fuqaro A.T. noqonuniy ravishda, baliq ovlash taqiqlangan vaqtda O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan 16 dona Amudaryo gulbalig‘ini ovlagani aniqlangan. Sudda fuqaroning hayvonot dunyosiga yetkazilgan zarar miqdori 71 million 538 ming so‘m deb baholandi.
Amudaryo gulbalig‘i O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan, ilgari ko‘p bo‘lgan, keyingi o‘n yilliklar davomida keskin kamayib ketgan tur hisoblanadi. Uning kamayishiga daryolar oqimining sun’iy tartiblanishi natijasida tabiiy suv rejimining o‘zgarishi va ifloslanishi, rekreatsion faoliyat, brakonerlik sabab bo‘lmoqda.
Amudaryo gulbalig‘i tez oqadigan, suvi sovuq va tubi tosh-shag‘alli tog‘ daryolarida, xususan, Amudaryoning yuqori qismi (Surxondaryo, Sangardak va To‘palang daryolari havzalari)da uchraydi, Tanxozdaryoga keltirilgan, Qoradaryo va Norinda iqlimlashtirilgan. O‘zbekistondan tashqarida Qirg‘iziston (iqlimlashtirilgan), Tojikiston, Afg‘oniston, Orol, Kaspiy, Qora, Boltiq, Barens va Oq dengizlar havzalarida, Janubiy Yevropa, AQSHda (iqlimlashtirilgan) uchraydi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi
NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik”
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin
Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi
Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi
U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin