08:34 / 20.08.2020
3 719

Qashqadaryoda noyob baliqni ovlagan fuqaroga 71 mln so‘m jarima hisoblanadi

Qashqadaryoda noyob baliqni ovlagan fuqaroga 71 mln so‘m jarima hisoblanadi
Foto: Qashqadaryo gazetasi
Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumanida O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan Amudaryo gulbalig‘ini ovlagan fuqaroning xatti-harakatiga sudda huquqiy baho berildi.

Qashqadaryo gazetasining yozishicha, Yakkabog‘ tumani Tatar MFY Toshqo‘rg‘on o‘rmon xo‘jaligi hududidan o‘tgan Qizildaryo daryosining yuqori oqimida fuqaro A.T. noqonuniy ravishda, baliq ovlash taqiqlangan vaqtda O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan 16 dona Amudaryo gulbalig‘ini ovlagani aniqlangan. Sudda fuqaroning hayvonot dunyosiga yetkazilgan zarar miqdori 71 million 538 ming so‘m deb baholandi.

Amudaryo gulbalig‘i O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan, ilgari ko‘p bo‘lgan, keyingi o‘n yilliklar davomida keskin kamayib ketgan tur hisoblanadi. Uning kamayishiga daryolar oqimining sun’iy tartiblanishi natijasida tabiiy suv rejimining o‘zgarishi va ifloslanishi, rekreatsion faoliyat, brakonerlik sabab bo‘lmoqda.

Amudaryo gulbalig‘i tez oqadigan, suvi sovuq va tubi tosh-shag‘alli tog‘ daryolarida, xususan, Amudaryoning yuqori qismi (Surxondaryo, Sangardak va To‘palang daryolari havzalari)da uchraydi, Tanxozdaryoga keltirilgan, Qoradaryo va Norinda iqlimlashtirilgan. O‘zbekistondan tashqarida Qirg‘iziston (iqlimlashtirilgan), Tojikiston, Afg‘oniston, Orol, Kaspiy, Qora, Boltiq, Barens va Oq dengizlar havzalarida, Janubiy Yevropa, AQSHda (iqlimlashtirilgan) uchraydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qashqadaryoda noyob baliqni ovlagan fuqaroga 71 mln so‘m jarima hisoblanadi