Mamlakatimizda aholi salomatligini va xavfsizligini saqlash muhim vazifalardan sanaladi. Afsuski, bugungi sinovli kunlarda ayrim fuqarolar o‘z manfaatlarini o‘ylab, belgilangan tartib qoidalarni qo‘pol ravishda buzishga urinishmoqda.
Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari viloyat Milliy gvardiya boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazishdi.
Tadbir davomida Termiz shahrida istiqomat qiluvchi fuqaro A.J shartli xaridorga umumiy qiymati 48 million so‘mlik 600 dona virus blokatorlarini noqonuniy ravishda sotmoqchi bo‘lgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.
Shuningdek, tezkor tadbir davomida fuqaro S.A.ning ham noqonuniy xatti-harakatiga chek qo‘yildi.
Ushbu shaxs shartli xaridorga umumiy qiymati 16 million so‘mdan ortiq bo‘lgan, 193 dona virus blokatorlarni sotishga uringani fosh etildi.
Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
Migrantlarni Rossiyadan chiqarib yuborishning yangi tartibi taklif etildi
“Bayer” yangi asrning yangi rekordini o‘rnatdi
Murzoyev: "Qaysidir ma’noda baribir Indoneziya qulayroq raqib, biz musobaqa favoritimiz"
Istanbulda kuchli zilzila yuz berishi aytildi
Toshkentda fuqarolarga hujjatsiz uylarni sotganlar qidirilmoqda
17 yoshli hindistonlik Dommaraju jahon shaxmat toji uchun kurashadi
Abduqodir Husanov va Hojimat Erkinov klubi ixtiyoriga qaytdi