11:30 / 21.08.2020
3 835

O‘zbekistonda «Yoshlar daftari» va «Ayollar daftari» ro‘yxatlari ham tuziladi

O‘zbekistonda «Yoshlar daftari» va «Ayollar daftari» ro‘yxatlari ham tuziladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 20 avgust kuni tadbirkorlikni hududlardagi qo‘shimcha imkoniyatlar hisobiga rivojlantirish masalasida yig‘ilish o‘tkazdi. Unda ishsiz yoshlar va xotin-qizlar bandligini ta’minlash haqida ham so‘z bordi.

Bosh vazir o‘rinbosariga ularni talab yuqori bo‘lgan kasblar va tadbirkorlikka o‘qitish, shu asosda biznesini yo‘lga qo‘yishda moliyaviy qo‘llab-quvvatlash tartibini joriy etish vazifasi yuklatildi.

«Bu ishlarni tizimli amalga oshirish maqsadida, mamlakatimizda joriy etilgan «temir daftar»lar singari, ishsiz yoshlar bo‘yicha alohida («Yoshlar daftari»), ishsiz va boquvchisiz xotin-qizlar bo‘yicha alohida («Ayollar daftari») ro‘yxatlar shakllantirib, har biri bilan yangi tizim, yangicha tartibda manzilli ishlash muhimligi ta’kidlandi», – deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Oltin daftar» reyestri ham shakllantirilishi, unga xorijdagi salohiyatli vatandoshlar – potensial investorlar, nufuzli universitetlar professorlari va xalqaro tashkilotlarda ishlovchi o‘zbekistonliklar kiritilishi ma’lum bo‘lgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda «Yoshlar daftari» va «Ayollar daftari» ro‘yxatlari ham tuziladi