
Yurtimizda e’lon qilingan hozirgi karantin sharoitida barcha yurtdoshlarimiz belgilangan qonun talablariga qat’iy rioya qilishlari va o‘z salomatliklarini asrashlari zarur. Ammo shunday insonlar borki ularga inson salomatligi muhim emas aksincha, qing‘ir yo‘llar orqali mo‘may daromad orttirsa bo‘lgani.
Jizzax viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida ana shunday qo‘shtirnoq ichidagi “uddaburon tadbirkorning” noqonuniy xatti-harakatiga chek qo‘yildi.
O‘tkazilgan tadbir davomida fuqaro R.H. hech qanday hujjatlarga ega bo‘lmagan, umumiy qiymati 152 million so‘mlik virus blokatorlari va boshqa tibbiy vositalarni noqonuniy ravishda sotmoqchi bo‘lgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.
Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
JizzaxTibbiy VositalarNoqonuniy AylanishSalomatlikKarantin SharoitiBojxona Organlari O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar