14:26 / 09.09.2020
2 311

Hukumat paxta terimi bo‘yicha qaror qabul qildi

Hukumat paxta terimi bo‘yicha qaror qabul qildi
Vazirlar Mahkamasining «2020 yil paxta hosilini yig‘ib-terib olish ishlarini uyushqoqlik bilan tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.

O‘zA xabariga ko‘ra, qaror bilan:
qo‘lda terilgan har bir kilogramm paxta xomashyosi uchun birinchi terimda - 1 000 so‘mdan, ikkinchi terimda - 1 400 so‘mdan kam bo‘lmagan miqdorda mehnat haqi to‘lanadi;

paxta terish mashinalari bilan terib olingan har bir tonna paxta xomashyosi uchun 920 000 so‘mdan kam bo‘lmagan xizmat haqi to‘lash;

paxta-to‘qimachilik klasterlari va kooperatsiyalariga yuqorida tavsiya etilayotgan narxlardan kam bo‘lmagan holda mustaqil narx belgilash huquqi berildi;

paxta xomashyosi uchun mehnat va xizmat haqi har besh kunda, zarurat bo‘lganda, har kuni to‘lash tavsiya etildi;

ishsiz hamda vaqtinchalik band bo‘lmagan aholidan iborat terim otryadlari rahbarlari bilan mavsumiy ishga qabul qilish bo‘yicha fuqarolik-huquqiy shartnomalar tuziladi hamda terim otryadlari rahbarlariga paxta xomashyosi yig‘im-terimi yakuniga qadar 2 million so‘mdan kam bo‘lmagan miqdorda mehnat haqi to‘lanadi. Shuningdek, ushbu xarajatlar Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Jamoat ishlari jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplanadi;

paxta-to‘qimachilik klasterlari va kooperatsiyalariga paxta xomashyosini terib olish uchun yillik 16 foiz stavkada (shundan 1 foiz bank marjasi) kredit ajratish maqsadida uch oy muddatda qaytarish sharti bilan “Agrobank” ATB depozitiga 1,3 trillion so‘mgacha mablag‘lar joylashtiriladi;

Jizzax, Qashqadaryo, Sirdaryo va Toshkent viloyatlarida paxta yig‘im- terim mavsumida jalb qilinadigan paxta terish mashinalari tomonidan terilgan har bir tonna paxta xomashyosini yig‘ib-terib olish xizmat bahosining 30 foizi Moliya vazirligi tomonidan qoplab beriladi;

paxta-to‘qimachilik klasterlari va kooperatsiyalar hamda fermer xo‘jaliklari tomonidan xorijdan olib kelinadigan yuqori unumli paxta terish texnikalari, ularning butlovchi buyumlari va ehtiyot qismlari, istisno tariqasida, 2021 yil 1 sentabrgacha bojxona to‘lovlaridan (qo‘shilgan qiymat solig‘i va bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari) ozod qilinadi va “erkin muomalaga chiqarish” bojxona rejimiga joylashtirilgan sanadan boshlab qo‘shilgan qiymat solig‘ini 270 kungacha bo‘lgan muddatga kechiktirib to‘lashga ruxsat beriladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)