2 627
MIB: Sobiq xodimlarga mablag‘lar bosqichma-bosqich to‘lab berilmoqda va nazoratga olingan
Joriy yilning 11 sentabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda – “Haligacha yakuniy hisob-kitob va kompensatsiya puli to‘lab berilagni yo‘q” sarlavha ostida xabar joylashtirilgan.
Murojaatda, Majburiy ijro byurosining Toshkent viloyati boshqarmasining Zangiota tumani bo‘limi sobiq xodimlari tomonidan haligacha yakuniy hisob-kitob va kompensatsiya puli to‘lab berilmagani bayon qilingan.
Mazkur murojaat yuzasidan o‘tkazilgan o‘rganish ishlari olib borildi. Jumladan, Majburiy ijro byurosi Toshkent viloyati boshqarmasining sobiq xodimlariga mehnat qonunchiligida nazarda tutilgan muddatga muvofiq, keladigan kunlar uchun pullik kompensatsiya to‘lovlari jami 477 nafar xodimlarga 1.161.639.0 ming so‘m pul mablag‘lari to‘liq to‘lab berilgan.
Birgina, Byuroning Zangiota tumani bo‘limining sobiq 32 nafar xodimiga 76.443.0 ming so‘m mablag‘larning to‘lanishi to‘liq amalga oshirilgan va 286.097.0 ming yakuniy hisob-kitob hisoblangan. Hozirda boshqa to‘lovlar ham to‘lovlar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.
Aytish lozimki, sobiq 477 nafar xodimlarga foydalanilmagan mehnat ta’tili uchun hisoblangan yakuniy hisob-kitob 4.613.353.0 ming so‘mni tashkil etib, to‘lovlar navbatdagi bosqichda amalga oshiriladi.
Majburiy ijro byurosi
Toshkent viloyat boshqarmasi
“Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Toshkent viloyat boshqarmasi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Toshkentda voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgan yigitga sud hukmi o‘qildi
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi
Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi
“Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya)
Istanbuldagi 1 may namoyishlarida 140 dan ortiq kishi hibsga olindi
Dunyodagi eng tez superkar konsepsiyasi ishlab chiqildi (video)