Kechadan buyon Samarqandda taniqli estrada xonandasi voyaga yetmagan qizning nomusiga tekkani, biroq IIB uning harakatlarida jinoyat alomatlari yo‘q, deb topgani oid xabar kun tartibidan tushgani yo‘q. Bu orada Bosh prokuratura matbuot xizmati «nomusga tegish ishi» nazoratga olingani, IIB tergovchisining bu boradagi qarori qonuniyligi Samarqand viloyat prokuraturasi tomonidan o‘rganilayotgani haqida maxsus bayonot berdi hatto.
Mana, mavzuga oid yana bir xabar.
Holat bo‘yicha Kattaqo‘rg‘on tuman IIB huzuridagi TB tergovchisining tergovga qadar tekshirish harakatlarini o‘tkazib, jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad etish haqida qarori Samarqand viloyat prokuraturasi tomonidan bekor qilindi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qilmoqda.
Unga ko‘ra, to‘plangan hujjatlar Samarqand viloyati prokuraturasi tomonidan nazorat tartibida o‘rganib chiqilganda, bir qator tergovga qadar tekshiruv harakatlari to‘liq bajarilmaganligi, voqelik sodir etilishida kim aybdorligi, ish bo‘yicha isbotlanishi lozim bo‘lgan barcha holatlar sinchkovlik bilan har tomonlama, to‘la va xolisona tekshirib ko‘rilmasdan shoshma-shosharlik bilan qaror qabul qilinganligi aniqlangan.
Shu tariqa Kattaqo‘rg‘on tuman IIB huzuridagi TBning 2020 yil 10 iyul kungi jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad etish to‘g‘risida qabul qilgan qarori bekor qilindi. Voqelik bo‘yicha qo‘shimcha tekshiruv harakatlari olib boriladi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi