Toshkent viloyati IIBB 1-mintaqaviy hudud PPX xodimlari tomonidan o‘g‘irlik va bosqinchilik jinoyati bo‘yicha qidiruvda bo‘lgan ikki ayol aniqlanib, ushlandi. Bu haqda viloyat IIBB axborot xizmati xabar bermoqda.
2020 yil 4 sentabr kuni o‘tkazilayotgan qidiruv tadbiri davomida, Jinoyat kodeksining 164-moddasi 2-qismi «v, g» bandlari, 46-moddasida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etib, jazo o‘tashdan bo‘yin tovlab, joriy yil may oyidan qidiruvda bo‘lgan 31 yoshli Ye.B. (ayol) viloyat IIBB 1- mintaqaviy hudud PPX xodimlari safdor O.Normetov va serjant A.A’zamovlar tomonidan aniqlanib, ushlandi.
Shuningdek, 10 sentabr kuni o‘tkazilgan qidiruv tadbir natijasida Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etib, unga tayinlangan jazoni o‘tashdan bosh tortib yurgan qidiruvdagi 25 yoshli N.M. (ayol) Chilonzor tumanida ekanligi aniqlanib ushlandi.
Ushbu shaxslarga qonuniy chora ko‘rilishi uchun hududiy IIBlarga topshirilgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Tarixdagi eng mashhur ikki tomonlama josuslar
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi