
Bugun saytimiz orqali Oliy sud Matbuot xizmatining telegramdagi kanali orqali ma’lum qilingan Jinoyat ishlari bo‘yicha Andijon viloyat sudining sudyasi Shavkatjon Shodmonovning vafot etgani haqidagi xabarni chop etishda texnik xatolik sababli Toshkent moliya institutining rektori Mehmonov Sultonali Umaraliyevichning rasmi qo‘yilib ketgan. Mazkur xatolik zudlik bilan bartaraf qilinganini ma’lum qilamiz.
Tahririyatimiz Mehmonov Sultonali Umaraliyevichga uzoq umr, faoliyatlarida ulkan zafarlar tilaydi hamda ro‘y bergan texnik xatolik uchun uzr so‘raydi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar