18:50 / 17.09.2020
2 689

Telefon o‘g‘risiga hukm o‘qildi

Telefon o‘g‘risiga hukm o‘qildi
2020 yil 25 avgust kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Navoiy viloyati Xatirchi tumani sudining ochiq sud majlisida telefon o‘g‘risiga nisbatan jinoyat ishi ko‘rib chiqildi.

Jinoyat tafsilotlariga ko‘ra, 1986 yilda to‘g‘ilgan Barxayot Omonov (shaxsi o‘zgartirilgan) o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish maqsadida, 2020 yilning 03 iyuldan 04 iyul kuniga o‘tar kechasi tungi soat 02.00 larda Xatirchi tumani “Binokor” MFYda yashovchi, fuqaro Fayzullayev Lochinbek Najmiddin o‘g‘lining "Navbahor" MFY hududidagi "Xatirchi dehqon bozori" MCHJ yonida joylashgan "Samsung techno sentr" xususiy korxonasiga qarashli ijara asosida yuritib kelayotgan savdo do‘koniga eshik orqali qulfni buzish yo‘li bilan g‘ayriqonuniy ravishda kirgan.

U do‘konning rastasiga qo‘yilgan ikki dona har birini bozor narxi 1.042.600 so‘mdan bo‘lgan jami 2.085.200 so‘mlik "Samsung-J2COR" rusumli, bir dona bozor narxi 1.373.425 so‘mlik "Samsung-A10" rusumli, ikki dona har birini bozor narxi 1.443.600 so‘mdan bo‘lgan jami 2.887.200 so‘mlik "Samsung-A10S" rusumli, bir dona bozor narxi 2.456.125 so‘mlik "Samsung-A31" rusumli, bir dona bozor narxi 2.756.875 so‘mlik "Samsung-A41" rusumli, bir dona bozor narxi 3.127.800 so‘mlik 128 Gb xotiraga ega bo‘lgan "Samsung-A51" rusumli, bir dona bozor narxi 2.907.250 so‘mlik 64 Gb xotiraga ega bo‘lgan "Samsung-A51" rusumli, bir dona bozor narxi 1.253.125 so‘mlik "Samsung-A01" rusumli, bir dona bozor narxi 1.854.625 so‘mlik "Red MiNod 9" rusumli, jami bozor narxi 20.701.625 (yigirma million yetti yuzi bir ming olti yuzi yigirma besh) so‘mlik uyali telefon apparatlarini yashirin ravishda talon-toroj qilib voqea joyidan yashiringan.

Sud, B.Omonovni sodir etgan jinoyatining xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasini, muqaddam sudlanmaganligini, uning aybiga to‘liq iqrorligini, qilmishidan chin ko‘ngildan pushaymonligini, inobatga olib, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 169-moddasi 2-qismi “g” bandi bilan oylik ish haqining 15 foizini davlat daromadi hisobiga ushlab qolgan holda 2 (ikki) yilga axloq tuzatish ishi jazosi tayinlandi.

Suyun Bo‘tayev Bobonorovich
Jinoyat ishlari bo‘yicha
Xatirchi tuman sudining raisi

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Telefon o‘g‘risiga hukm o‘qildi