Surxondaryolik 1984 yilda tug‘ilgan A.N. BAAning Alayn shahrida yurgan vaqtida Sankt-Peterburg shahrida bo‘lgan tanishi 1991 yilda tug‘ilgan Samarqand viloyati Narpay tumanilik M.G.ga o‘zi yashayotgan Alayn shahrida oshpaz yordamchisi bo‘lib ishlashni taklif qiladi.
U tanishini Olma-Ota-Dubay yo‘nalishiga chipta xarid qilib, G.M.ni Dubay shahrida kutib oladi. Yo‘l xarajatlariga 2000 AQSH dollari miqdoridagi pullarni sarflaganligini bildirib, G.M.ning fuqarolik pasportini olib qo‘yadi. Va’da qilingan oshpazlik ishi o‘rniga Alayn shahridagi ijaraga olingan uyida G.M.ni fohishalik bilan shug‘ullanishga majbur qiladi.
Samarqand viloyati IIB Transportda JXT bo‘limi huzuridagi TB tomonidan 2017 yilning 18 may kuni N.A.ga nisbatan JKning 135-moddasi 2-qismiga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hududiylik bo‘yicha Surxondaryo viloyati IIBga yuboriladi va Sho‘rchi tuman IIB tomonidan ayol qidiruvga beriladi.
Olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida N.A. shu yilning 25 sentabr kuni BAAdan olib kelinib, tegishli ichki ishlar idorasiga topshirildi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi