2 543
Yoqimtoy jonivorlar videosini tomosha qilish stressni 50 foizga kamaytirishi aniqlandi
Britaniyaning Lidsa universiteti olimlari Tourism Western Australia kompaniyasi bilan birgalikda tajriba o‘tkazib, yoqimtoy hayvon aks etgan video psixologik salomatlik uchun foydali, degan to‘xtamga keldi.
Tajriba doirasida o‘n to‘qqiz ishtirokchiga yarim soat davomida dunyodagi eng baxtli hayvon deb ataladigan kvokka videosi ko‘rsatilgan. Ishtirokchilarning ko‘pchiligi yarim soatdan keyin imtihon topshirishi kerak bo‘lgan talabalar, qolganlari esa stressdan charchagan universitet xodimlari bo‘lgan.
[media=https://youtu.be/YUFIuwV2wlY]
Tajriba natijasiga ko‘ra, ishtirokchilarning pulsi va arterial qon bosimi asabiylashishga qaraganda pasaygan va me’yorga kelgan.
Ishtirokchilarning ayrimlari 35 foizga, ba’zilari esa 50 foizga tinchlangan. Ulardan biri shunchalik tinchlanganidan hatto uxlab qolgan. Olimlar yoqimtoy hayvonlarni hayotda kuzatish bundan ham ko‘proq foyda berishini ta’kidlagan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
Ot sporti. Konkur bo‘yicha yana bir turnir o‘tkazildi
Robert Levandovski: “Mbappe futbolchi va shaxs sifatida juda aqlli”
Rossiya tashqi ishlar vaziri Makronni Napoleon va Gitler bilan solishtirdi
Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi