Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida O‘zbekistonning turli hududlaridagi masjidlarda o‘g‘rilik sodir etgan fuqaro qo‘lga olindi. Bu haqda «Sevimli» telekanalining «Zamon» axborot dasturi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, mazkur shaxs O‘zbekistonning turli hududlaridagi masjidlarda odamlarning telefonlari va turli buyumlarini o‘g‘irlash bilan shug‘ullanib kelgan.
Xabar berilishicha, 2019 yilning yoz va kuz oylarida O‘zbekistonning turli hududlaridagi masjidlarda o‘g‘riliklar sodir bo‘lgan. Namoz o‘qish uchun kelgan fuqarolarning telefonlari, hamyonlari, hujjatlari yo‘qolgan. Toshkent, Samarqand, Jizzax va Farg‘ona viloyatlarida shunday holatlar yuz bergan.
Mazkur shaxs navbatdagi o‘g‘rilikni Qarshi shahridagi «Nava» jome masjidida sodir etayotgan vaqtda qo‘lga tushgan.
Olib borilgan tadbirlar natijasida uning shaxsiga aniqlik kiritilgan. Bu fuqaro Andijon viloyatida tug‘ilgan Husniddin Kamolov bo‘lib chiqdi. Bu fuqaro muqaddam jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Yunusobod tuman sudi tomonidan 5 yilu 2 oyga ozodlikdan mahrum qilingan, biroq o‘talmay qolgan jazo muddati 3 yillik axloq tuzatish ishlari bilan almashtirilgan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Qarshi shahar sudining qaroriga ko‘ra, Husniddin Kamolov Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismining «a» va «v» bandlari (takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan ko‘p miqdorda sodir etilgan o‘g‘rilik), 227-moddasi 2-qismining «a» bandida (pasport, harbiy bilet yoki boshqa muhim shaxsiy hujjatlar yoxud o‘ta muhim ahamiyatga ega bo‘lgan hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalarni egallash, nobud qilish, ularga shikast yetkazish yoki ularni yashirish) nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga o‘talmay qolgan axloq tuzatish ishlari jazosini qisman qo‘shish orqali 7 yil muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlandi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi
Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH»
OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni
Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi
AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi
“Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi?
Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak?