Toshkent viloyatida tuproq bosib qolgan qurilish ishchisi qutqarildi

Foto: FVV
Toshkent viloyati Bekobod tumanida qurilish ob’yektida xandaq qazish jarayonida favqulodda holat yuzaga keldi, deb xabar bermoqda FVV.
Qayd etilishicha, 4 oktabr kuni Bekobod tumani «Dalvarzin» mahallasi hududida yangi barpo etilayotgan qurilish ob’yektida yuzaga kelgan vaziyat oqibatida bir nafar fuqaroning hayoti saqlab qolingan.
Voqea ushbu qurilish ob’yektining oqova suvlari uchun xandaq qazish ishlari olib borilayotgan vaqtda sodir bo‘lgan. Aniqlanishicha, mazkur xandaqni qazish ishlari yer sathidan 4 metr chuqurlikka yetganda tuproq qatlami ko‘chib, fuqaro M.M. ustiga tushib ketgan.

Foto: FVV
Ayni hodisaga guvoh bo‘lgan quruvchilar Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar bo‘limiga qo‘ng‘iroq qilib, sodir bo‘lgan vaziyat haqida xabar bergan. Zudlik bilan hodisa joyiga yetib borgan qutqaruvchilar fuqaroni chuqurlikdan olib chiqib, tibbiy yordam xizmatiga topshirgan.

Izohlar 0
…