2 994
Olmaliq hokimining o‘g‘li (va boshqalarga) oid jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov tiklandi
Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Toshkent viloyati Olmaliq shahar hokimi Usmon Rahimovning o‘g‘li Dilshod Ismoilov bir necha nafar sheriklari bilan bezorilik qilgani oid videolavha tarqalganidan xabaringiz bor.
Ko‘p o‘tmay, voqelik Toshkent shahar Yakkasaroy tumanida sodir bo‘lgani (2020 yil, 28 may), amaldorning arzandasi jinoiy sheriklari — 20 yoshli Mirbosit M., 19 yoshli Elmurod D., 20 yoshli Humoyun A.lar bilan bezorilik qilib, 56 yoshli Shavkat M. va uning 30 yoshli o‘g‘li Laziz M.ga tan jarohatlari yetkazgani, holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining 277-moddasi (bezorilik) «ish» ochilgani (2020 yil, 10 iyun) ma’lum bo‘lgandi.
Mazkur jinoyat ishi bo‘yicha yangi ma’lumotlar paydo bo‘ldi. Bosh prokuratura matbuot xizmatining «Xabar.uz»ga bildirishicha, janjal natijasida ota-bolaning biriga «yengil», ikkinchisiga «o‘rtacha og‘ir tan jarohati» yetkazilgani aniqlangan. Shuningdek, o‘sha paytda ota-bolalarning qo‘shnisi A. Akmalga (1977 yilda tug‘ilgan) ham «o‘rtacha og‘ir tan jarohati» yetkazilgani ekspert xulosasi bilan tasdiqlangan.
Biroq pandemiya sabab jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari vaqtincha to‘xtatilgan.
Joriy yilning 29 sentabr kuni mazkur jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov tiklangan. Ayni paytda Yakkasaroy tumani IIO FMB tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, hokimning o‘g‘li yaqinda «Tracker» rusumli avtomobilni poytaxt ko‘chalarida soatiga 150 km. tezlikda «bosgani» bilan jamoatchilik e’tiboriga tushgandi.
Tarqalgan xabarlarda, u o‘tgan yili 8 marta, joriy yilda ham yana shuncha marta tezlikni oshirib, ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgani qayd etiladi.
D. Ismoilov 20 yoshda bo‘lib, ma’lumoti o‘rta maxsus, hech qayerda ishlamaydi, Yashnabod tumanidagi ko‘p qavatli uylarning birida ro‘yxatda turishi aytiladi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
Messi “dahshatli” ko‘rsatkich qayd etdi (video)
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Tayson Fyuri Oleksandr Usikka qarshi jang uchun Ar-Riyodga yetib bordi
Superliga. "Navbahor" o‘z maydonida "Lokomotiv"ni yirik hisobda mag‘lub etdi
118:9: “Barselona” futbol o‘ynashni qizlardan o‘rgansin!
Isroil rasmiysi: “Isroil urushni to‘xtatmaydi”