2 787
Turoperatorlar va turagentlar O‘zbekistonga olib kelingan har bir turist uchun 15 dollar oladi
O‘zbekiston hukumati koronavirus pandemiyasi tufayli yuzaga kelgan iqtisodiy vaziyatda turizm sohasi sub’ektlarini qo‘llab-quvvatlash va turizm infratuzilmasini rivojlantirish to‘g‘risida qaror qabul qildi.
Hujjat bilan Turoperatorlar, turagentlar va joylashtirish vositalari xarajatlarining bir qismini qoplash uchun subsidiyalar berishning vaqtinchalik tartibi to‘g‘risida nizom tasdiqlandi.
Turoperatorlar va turagentlarga olib kelingan va xizmat ko‘rsatilgan har bir turist uchun subsidiyalar ajratish tartibi belgilandi.
Qayd etilishicha, subsidiya kirish turizmi boshlangan kundan e’tiboran kirib keluvchi xorijiy turistlarning umumiy soni 500 ming nafarga yetgunga kadar ajratiladi.
Turizm qo‘mitasi kirish turizmi boshlangan kundan e’tiboran kirib keluvchi xorijiy turistlarning hisobini yuritadi va o‘zining rasmiy veb-saytida e’lon qilib boradi.
Subsidiya turoperatorlar va turagentlarga - O‘zbekiston rezidentlariga O‘zbekistonga olib kelingan va xizmat ko‘rsatilgan har bir xorijiy turist uchun, kamida besh sutka davomida respublikadagi joylashtirish vositalarida bo‘lish sharti bilan 15 AQSH dollari miqdorida ajratiladi.
Subsidiya milliy valyutada to‘lov kunidagi O‘zbekiston Markaziy banki tomonidan belgilangan kurs bo‘yicha ajratiladi.
Prezidentning “O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019 yil 13 avgustdagi PF-5781-son farmoniga asosan xarajatlari qoplanadigan charter reyslar orqali olib kelingan va xizmat ko‘rsatilgan turlar tashkilotchisi bo‘lgan turoperatorlarga subsidiya ajratilmaydi.
Subsidiyalar olish uchun turoperator yoki turagent Turizm qo‘mitasiga mablag‘ ajratish to‘g‘risidagi ariza bilan yozma yoki elektron shaklda murojaat qiladi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi
Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH»
OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni
Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi
AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi
“Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi?
Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak?