
Foto: FVV
Kecha, 9 oktabr soat 05:30da «Qamchiq» dovonidan o‘tgan A-373-«Toshkent –O‘sh» avtomobil yo‘lining 233 km.dagi «Toshkent – Vodiy» yo‘nalishida harakatlangan «KIA» rusumli avtomashina haydovchisi X.B. ismli fuqaro boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetidagi xandaqqa (kyuvetga) yonboshlab tushib ketgan.
FVV xabariga ko‘ra, haydovchi hodisa paytida avtoulovdan sakrab tushib qolishga muvaffaq bo‘lgan.
Voqea joyiga dastlab «Qamchiq» MQYOQBning 8-post nazoratidan serjant M.Xoliqov chiqib, haydovchiga psixologik yordam ko‘rsatgan. Shundan so‘ng avtoulovni xandaqdan chiqarish uchun «Qamchiq» qutqaruv otryadi, YPX hamda «Qamchiqavtoyo‘l» xodimlari yetib kelishib, vaziyatni o‘rganishgan. Shunga ko‘ra, «KIA» avtomashinasi maxsus texnikalar yordamida xandaqdan chiqarib olindi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar