
Foto: IIV axborot xizmati
Ichki ishlar organlarining xavfsiz turizmni ta’minlash bo‘linmalari xodimlarining yangi forma kiyim-boshlari bo‘yicha namunalar loyihasi ishlab chiqildi. Bu haqda IIV Xavfsiz turizmni ta’minlashni muvofiqlashtirish boshqarmasi xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, bugungi kunda yangi namunadagi forma Toshkent shahar va poytaxt viloyati xodimlarida sinovdan o‘tkazilmoqda.

“Forma kiyimini ishlab chiqishda avvalo ko‘rinishiga ahamiyat qaratildi, shu bilan birga uning qulayligi, zamonaviy dizaynga ega ekanligi ham e’tibordan chetda qolmadi, albatta. Bundan tashqari, bo‘linmalar xodimlari faoliyatining o‘ziga xos jihatlari, mamlakatimiz hududidagi iqlim sharoitlari va zamonaviy talablar inobatga olindi”, deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, taqdim etilgan forma joriy yil davomida sinovdan o‘tkaziladi.
   “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!    Ctrl
 Enter
 Xato topdIngizmi? 
 Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar