16:38 / 18.10.2020
1 899

Toshkent jamoat transportida yo‘lovchilarga qo‘lqop bepul beriladigan bo‘ldi

Toshkent jamoat transportida yo‘lovchilarga qo‘lqop bepul beriladigan bo‘ldi
Turli yuqumli mavsumiy infeksiyalar tarqalishining oldini olish va yo‘lovchilar salomatligini asrash maqsadida 19 oktabrdan boshlab Toshkent shahar jamoat transporti (avtobus, metro, yo‘nalishli taksi) xizmatidan foydalanganda yo‘lovchilarning tibbiy niqob va qo‘lqopda bo‘lish tartibi joriy etilishi haqida xabar berilgandi.

Transport vazirligi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, bunda tashuvchilar tomonidan jamoat transporti yo‘lovchilariga qo‘lqoplar bepul taqdim etiladi

Yo‘lovchilar metro stansiyalariga kirishda, avtobus hamda mikroavtobusga chiqish vaqtida kassa xodimlari, konduktor va haydovchilardan qo‘lqoplarni olishlari mumkin.

Yo‘lovchilarning qo‘lqop taqqan-taqmaganini maxsus ishchi guruh nazorat qilib boradi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkent jamoat transportida yo‘lovchilarga qo‘lqop bepul beriladigan bo‘ldi