16:26 / 22.10.2020
958

Toshkent aeroportida xorijdan kelgan fuqarolardan sotish uchun iPhone'larni yig‘ib olayotgan shaxs ushlandi

Toshkent aeroportida xorijdan kelgan fuqarolardan sotish uchun iPhone'larni yig‘ib olayotgan shaxs ushlandi
Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati
Toshkent xalqaro aeroporti avtoturargohi hududida umumiy qiymati 161,3 million so‘mlik 14 dona qimmatbaho uyali telefonlarni keyinchalik qayta sotish maqsadida xorijiy reys bilan uchib kelgan fuqarolardan yig‘ib olayotgan fuqaro B.A. ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.

Tezkor tadbir «Toshkent-AERO» ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksining Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi tomonidan o‘tkazildi.

Ushbu holat bo‘yicha bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)