
Kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini yurtimizga noqonuniy yo‘llar bilan olib kirishga bo‘lgan urinishlarga qarshi bojxona organlari tomonidan tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.
Xususan, Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari tomonidan kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yish maqsadida tezkor tadbir o‘tkazildi.
Tadbir davomida fuqaro Q.B. boshqaruvidagi “Kia Bongo 3” rusumli avtotransport vositasi to‘xtatilib, xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi.
Natijada, avtoulovning yukxonasida hech qanday hujjatlari bo‘lmagan, xorijda ishlab chiqarilgan umumiy qiymati 150 million so‘mlik, jami 1000 dona “Tropikamid” nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari borligi aniqlandi.
Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
Bojxona OrganlariNoqonuniy AylanmaToshkent ViloyatiDori VositalariTezkor TadbirKuchli Ta’sir O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar