Foto: «Zen.yandex.ru»
Rossiyalik teleboshlovchi va shifokor Aleksandr Myasnikov kognitiv funksiyalarning buzilishiga olib keladigan kasalliklarni ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, miyaga eng ko‘p gipertoniya zarar yetkazadi.
«Yuqori qon bosimi keksalarda ham, yoshlarda ham demensiya rivojlanishida birinchi raqamli omil hisoblanadi», — dedi shifokor «Rossiya 1» telekanali efirida.
Uning ta’kidlashicha, qandli diabet ham gipertoniya kabi halokatli ta’sir ko‘rsatadi. Ustiga-ustak, ikkala kasallikning ham nishoni bir: ko‘z, buyrak va miya.
Shifokor xavfli guruhga kiruvchi kishilarga tuz iste’molini cheklashni, jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanishni, to‘g‘ri ovqatlanishni va muntazam dori qabul qilib yurishni tavsiya etadi.
Neyrodegenerativ o‘zgarishlarning boshqa sababi prion infeksiyalari hisoblanib, ularning inkubatsion davri o‘n yilni tashkil etishi mumkin. Bunday kasalliklarni tashxislash qiyin, davolashning esa deyarli iloji yo‘q, deb tushuntiradi Myasnikov.
Miyaga takroriy jarohatlar ham halokatli ta’sir o‘tkazadi.
«Avtohalokatdagi jarohatlar, bosh suyagi jarohati, posttravmatik ensefalopatiya, afsuski, ko‘pincha erta demensiyaga olib keladi», — deydi mutaxassis.
Shunga qaramay, shifokorning so‘zlariga ko‘ra, aksariyati «halokatli kasalliklar»ning oldini olish mumkin. Buning uchun sog‘lom turmush tarziga rioya qilish va shifokorlarning maslahatlarini e’tiborsiz qoldirmaslik zarur. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Britaniyalik milliarder uylandi. 25 mln dollar sarflangan to‘y 4 kun davom etdi
Si Szinpin Falastindagi mojaroni hal qilish shartlarini aytdi
Xarkivga yana bomba zarbalari uyushtirildi
Tadqiqot: dunyoda antisemitizm to‘lqini kuzatilmoqda